O‘zbekistonga juda sovuq havo massasi kirib kelyapti – O‘zgidromet

Bu qiziq

image

Hafta oxirida O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, kelgusi hafta boshida esa butun respublikaga juda sovuq havo massasi kirib keladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, jahon prognoz markazlarining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, Ural va G‘arbiy Qozog‘iston orqali Rossiyasining shimoliy Yevropa hududlaridan 9-10 dekabr kunlari O‘zbekistonning  shimoliy hududlariga, 11-12 dekabrda esa butun respublika hududiga juda sovuq havo massasi kirib kelishi kutilmoqda. 

10-11 dekabr kunlari respublika bo‘ylab yog‘ingarchilik bo‘ladi (yomg‘ir,  qorga aylanishi mumkin). 

Havoning harorati asta-sekin pasayadi va 11-12 dekabrda kechasi 7-10 daraja sovuqgacha, kunduzi 0-3 darajagacha pasayadi, shimolda kechasi 12-17 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda. 

10-11 dekabr kunlari Toshkentda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik kuzatiladi(yomg‘ir, qorga aylanishi mumkin). 11-12 dekabrda havo harorati kechasi 7-10 daraja sovuq, kunduzi 0-3 daraja sovuqgacha pasayadi. 

9-12 dekabr kunlari uchun ob-havo ma’lumoti maslahatomuz hisoblanadi. 

Agar keskin sovuq yangi ma’lumotlar bilan tasdiqlansa, O‘zgidromet – “Tezkor gidrometeorologik ma’lumot” maxsus xabarini berishni va’da qilgan. 

Eslatib o‘tamiz, noyabr oyi oxirida O‘zgidromet ob-havo sharoitlarining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, dekabr oyi sovuq bo‘lmasligi, o‘rtacha oylik harorat me’yordan yuqori, ba’zi hududlarda me’yor atrofida bo‘lishi kutilayotganini aytib chiqqandi. 


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston O'zgidromet sovuq havo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing