O‘zbekistonga yana 70 ming doza Rossiya vaksinasi keltirildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekistonga Rossiyada ishlab chiqarilayotgan “Sputnik V” vaksinasining 70 ming dozalik birinchi komponenti olib kelindi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lumot uchun, aprel oyida ushbu vaksinaning 100 ming dozasi keltirilgan edi (uning 50 ming dozasi 1-komponent, 50 ming dozasi 2-komponent). 

Shuningdek, o‘tgan vaqt mobaynida AstraZeneca’ning 660 ming dozasi keltirildi.

ZF-UZ-VAC2001ning:

  • 27 martda — 1 million doza;
  • 27 aprelda — 1 million doza;
  • 18 mayda — 1 million doza;
  • 19 mayda — 500 ming doza partiyalari keltirilgan.

Shunday qilib, O‘zbekistonning vaksina zaxirasi 4 million 330 ming dozaga yetmoqda. Ayni paytga qadar shundan 2 million dozadan ortig‘i vaksinatsiya jarayonlarida qo‘llanildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya va O‘zbekiston hukumatlari koronavirusga qarshi “Sputnik V” vaksinasini O‘zbekistonda ishlab chiqarish to‘g‘risida kelishib olgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

vaktsina

Baholaganlar

24

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing