O‘zbekistonga yana 1 mln doza o‘zbek-xitoy vaksinasi olib kelindi

Jamiyat

image

Bugun, 18 may kuni Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co. Ltd kompaniyasi tomonidan o‘zbekistonlik mutaxassislar hammuallifligida yaratilgan ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining yana 1 million dozasi Xitoydan olib kelindi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Vaksinaning 1 million dozalik avvalgi partiyalari shu yilning 27 mart va 27 aprel kunlari keltirilgan edi.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonning vaksina zaxirasi 3 million 760 ming dozaga yetmoqda. Ayni paytgacha foydalanilgan 1 million 346 ming dozadan ortiq vaksinaning 62 foizi, ya’ni 842 ming dozadan ortig‘ini ZF-UZ-VAC2001 tashkil qilmoqda. Shundan ayni paytgacha 91 ming nafardan ortiq o‘zbekistonlik o‘zbek-xitoy vaksinasining 2-bosqichi bilan ham emlangan. 

Kecha, 17 may kuni ZF-UZ-VAC 2001 bilan emlanish 34 416 dozani tashkil qilib, ushbu vaksina bilan kunlik emlanish ko‘rsatkichi 56 foizga yetgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonga “Sputnik V” vaksinasining navbatdagi partiyasi olib kelingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

19

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing