O‘zbekistonga o‘simlik yog‘ini olib kirish QQSdan ozod qilindi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Aholini ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashga doir choralar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Qonun bilan Soliq kodeksiga qo‘shimchalar kiritildi. 

Unga ko‘ra, 2021 yil maydan 31 dekabrgacha quyidagilar qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi:

  • O‘zbekiston hududiga o‘simlik yog‘i, kungaboqar va zig‘ir urug‘i, shuningdek soya danagini olib kirish;
  • o‘simlik yog‘ini (paxta yog‘idan tashqari) ishlab chiqarish va (yoki) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma.

Qonunga muvofiq, joriy yil 1 maydan 31 dekabrgacha:

  • ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan eksport bojxona bojlari kiritiladi;
  • tadbirkorlarga o‘zlari tomonidan import qilingan kungaboqar yog‘i va kungaboqar urug‘larini qayta ishlash natijasida olingan o‘simlik yog‘ining 50 foizidan oshmagan qismini eksport qilishga ruxsat beriladi.

Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari o‘simlik yog‘ini QQSdan vaqtincha ozod qilish haqida qonun qabul qilib, Senatga yuborgan edi.

Shundan so‘ng, Senat o‘simlik yog‘ini QQSdan ozod qilish haqidagi qonunni ma’qulladi.

Ushbu sohadagi mutaxassis esa yog‘-moy QQSdan ozod qilingani bilan narxlar tushmasligini ma’lum qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

48

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing