O‘zbekistonga uch oyda qancha pul kelib tushgani aytildi
Jamiyat
−
23 aprel 4674 2 daqiqa
2026 yilning birinchi choragida O‘zbekistonga xalqaro pul o‘tkazmalari orqali kelib tushgan mablag‘lar hajmi 13 foizga oshib, 3,8 mlrd dollarni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank tomonidan e’lon qilingan Ichki valyuta bozori sharhida keltirilgan.
Unga ko‘ra, joriy yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonga xalqaro pul o‘tkazmalari orqali kelib tushgan mablag‘lar hajmi 13 foizga oshgan va 3,79 mlrd dollarni tashkil etgan. Mamlakatdan chetga pul o‘tkazmalari esa 6 foizga kamayib, 604 mln dollarni tashkil qilgan.
Shu bilan birga, ichki valyuta bozorida chet el valyutasiga bo‘lgan talab 14,6 mlrd dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 24 foizga oshgan. O‘z navbatida, valyuta taklifi 12,2 mlrd dollarga yetib, 27 foizlik o‘sishni ko‘rsatgan. Taklifning o‘sish sur’atlari yuqori darajada shakllanishda davom etmoqda.
Qayd etilishicha, aholi tomonidan valyuta sotilishi taklif omillarida muhim rol o‘ynashda davom etmoqda. Fuqarolar banklarga 6 mlrd dollar sotgan, bu o‘tgan yilga nisbatan 1,5 baravar ko‘p demakdir. Shu bilan birga, ular tomonidan 3,2 mlrd dollar sotib olingan – bu borada 31 foizlik o‘sish qayd etilgan.
Yuridik shaxslar segmentida talab 23 foizga oshgan bo‘lsa, ular tomonidan valyuta taklifi 11 foizga ko‘paygan. Bu biznes vakillarining tashqi faolligi oshganidan dalolat beradi.
Ushbu omillar ta’sirida yil boshidan buyon milliy valyuta kursi 1,5 foizga qadrsizlandi, kunlik tebranish darajasi esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ikki baravar oshgan.
Live
BarchasiDehqonobod tumaniga sel keldi
23 aprel