O‘zbekistonga Turkmanistondan yana nam havo oqimi kirib kelmoqda – O‘zgidromet

Bu qiziq

image

4-6 may kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Kaspiy dengizining janubiy rayonlari ustida shakllangan nam havo oqimi kiradi. Bu haqda O‘zgidromet Matbuot xizmati xabar berdi.

4 mayda Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yomg‘ir, ayrim joylarga kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qashqadaryo, Samarqand viloyatlarida kechga borib yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.

5 mayda respublikada ayrim joylarga yomg‘ir, kuchli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida kechga borib yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi kutilmoqda. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi.

6 mayda Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida ayrim joylarga yomg‘ir, kuchli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. 

4-6 mayda shamolning tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, shamol shiddati 23-28 m/s gacha yetishi mumkin.

4-7 may kunlari respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel kelishi xavfi bor.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 27 aprel kuni Turkmanistondan kelgan havo oqimi natijasida Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlarida kuchli shamol kuzatilgandi. Bo‘rondan keyin to‘rt viloyatda 140 mingga yaqin xonadon gaz ta’minotidan uzilib qoldi. Shuningdek, 31 kishi jarohatlanib, bir kishi halok bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

364

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing