O‘zbekistonga Turkmanistondan navbatdagi nam havo oqimi kirib kelmoqda
Jamiyat
−
08 may 2020
17228Dam olish kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida ob-havo nobarqaror bo‘ladi. Bunga sabab Turkmaniston orqali Kaspiy dengizining janubiy rayonlari ustida shakllangan navbatdagi nam havo oqimi kirib kelmoqda. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar bermoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 8 va 9 may kunlari mamlakat hududida shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha, shiddat bilan esganda 23-28 metrgacha kuchayishi mumkin.
10 mayda yog‘ingarchilik to‘xtaydi, faqat Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida kechasi va ertalab ayrim joylarga yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Harorat 3-5 darajaga ko‘tariladi.
Avvalroq, 9 may sanasida O‘zbekiston bo‘ylab kuchli shamol esib, yog‘ingarchilik bo‘lishi haqida xabar bergan edik.