O‘zbekistonga Turkiyadan oltinchi turdagi vaksina olib kelindi

Jamiyat

image

Bugun, 13 oktyabr kuni Turkiya hukumati tomonidan O‘zbekistonga beg‘araz yordam sifatida ajratilgan COVID-19 ga qarshi Xitoyda ishlab chiqarilgan “Sinovak” vaksinasi olib kelindi. Bu haqda SSV xabar berdi.

Istanbul – Toshkent reysi bilan Toshkentga keltirgan “Sinovak” vaksinasining 200 ming dozasi shuningdek, 20 ming quti “Favipiravir” dori preparati O‘zbekiston vakillari tomonidan qabul qilib olindi.

O‘zbekiston va Turkiya hukumatlari o‘rtasida sog‘liqni saqlash sohasida grant yordamiga oid imzolangan bitim asosida olib kelingan “Sinovak” vaksinasi mamlakatga keltirilgan oltinchi vaksina bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, COVID-19 koronavirus infeksiyasiga qarshi emlash tadbirlari uchun olib kelingan vaksinalar soni 28 487 988 dozani tashkil etmoqda. Ulardan COVAX dasturi doirasida 1 594 480 doza AstraZeneca, AQSHdan 3 000 060 doza Moderna va 1 214 460 doza Pfizer-BioNTech vaksinalari, shuningdek, Rossiya Federatsiyasida ishlab chiqarilgan 460 000 doza ikki komponentli “Sputnik V” hamda Xitoy va O‘zbekiston olimlari hamkorligida yaratilgan 20 499 668 doza ZF-UZ-VAS 2001 vaksinalari olib kelindi.

Shuningdek, O‘zbekistonda 1 458 820 doza ZF-UZ-VAS 2001 va 260 500 doza ikki komponentli “Sputnik V” vaksinalari ishlab chiqarildi.

Eslatib o‘tamiz, shu paytgacha O‘zbekistonda emlash jarayonlarida 22 721 129 doza vaksina qo‘llanilgan bo‘lib, 5 226 139 nafardan ortiq aholi virusga qarshi to‘liq emlandi.


Maqola muallifi

Teglar

vaktsina

Baholaganlar

58

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing