O‘zbekistonga “Sputnik V” vaksinasining navbatdagi partiyasi olib kelindi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Avvalroq O‘zbekistonga “Sputnik V” vaksinasining birinchi partiyasi yetkazib berilgani haqida xabar bergan edik. Bugun, 27 aprel kuni O‘zbekiston ushbu vaksinaning navbatdagi partiyasini qabul qilib oldi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Ma’lumot uchun, Rossiyaning  N.F.Gamaleya nomidagi Milliy epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan ishlab chiqilgan “Sputnik V” ommaviy foydalanish uchun sertifikatlangan va tasdiqlangan. Uni sertifikatlash jarayoni ishlab chiqaruvchilardan kerakli hujjatlar, xususan, vaksina klinik sinovlarining uchinchi bosqichi natijalarini olgandan keyingina boshlangandi.

Shuningdek, yaqin kunlarda O‘zbekistonga o‘zbek-xitoy ZF-UZ-VAC2001 va AstraZeneca vaksinalarining qo‘shimcha dozalari yetkazib berilishi kutilmoqda.

Qayd etilishicha, mamlakatda vaksinalarni barcha hududlarga teng taqsimlash tizimi joriy qilingan bo‘lib, birinchi navbatda xavf ostida bo‘lgan fuqarolar emlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

73

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing