O‘zbekistonga salqin havo oqimi kirishni boshladi – O‘zgidromet

Bu qiziq

image
Yozda bizni qanday issiq kutyapti? north_east

Yozda bizni qanday issiq kutyapti?

Bugun, 16 iyun kunidan O‘zbekiston hududiga Volgabo‘yi rayonlaridan salqin havo oqimi kira boshlaydi. Bu havo oqimi butun ish haftasi davomidagi ob-havoni belgilaydi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.

Respublika hududining katta qismida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi, faqat 16-17 iyunda tog‘li hududlarda ayrim joylarga qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 16-17 iyunda respublikaning ayrim joylarida shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, shiddat bilan esganda sekundiga 23-28 metrgacha yetishi mumkin.

16 iyunda Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatida kunduzgi harorat 30-35 darajagacha pasayadi. Respublikaning qolgan hududlarida issiq ob-havo saqlanib turadi, kechasi 17-22 daraja, kunduzi 34-39 daraja, janubda va cho‘l zonasida 40-42 darajagacha issiq bo‘ladi.

17-19 iyunda salqin havo butun respublika hududiga tarqaladi, harorat qulay ko‘rsatkichlargacha pasayadi, kechasi 15-20 daraja, kunduzi 30-35 daraja atrofida bo‘ladi, bunday harorat me’yorga yaqindir.


Maqola muallifi

Teglar

ob-havo

Baholaganlar

681

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing