O‘zbekistonga olib kirilayotgan sifatsiz mahsulotlar to‘xtatib qolindi

Jamiyat

image

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi “Keles” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari tomonidan sifati kafolatlanmagan tovar moddiy boyliklarni noqonuniy olib kirishga urinish bilan bog‘liq bir nechta holatlar fosh etildi.

Davlat bojxona qo‘mitasidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, “Moskva-Andijon” yo‘nalishida kirib kelgan poyezd yo‘lovchilarining yuklarini bojxona ko‘rigidan o‘tkazish davomida fuqaro A.R. Tomonidan 1 ming 859 dona shokolad va veterinariyada qo‘llaniladigan dori vositalarni bojxona nazoratidan yashirib olib kelayotganligi aniqlandi. Olingan ashyoviy dalillarning umumiy qiymati 22 million so‘mdan ortiqligi ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, “Almata-Nukus” yo‘nalishida kirib kelgan poyezd yo‘lovchilaridan fuqarolar A.P va Z.P.ning qo‘l yuklari belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazildi. Natijada, ushbu fuqarolarning yuklari orasida bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan va bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida ma’lum qilinmagan qiymati 9,1 million so‘mlik 1 ming 426 dona turli xil oziq-ovqatlar, tozalash hamda yuvish vositalari mavjudligi aniqlandi.


Maqola muallifi

Teglar

bojxona

Baholaganlar

23

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing