O‘zbekistonga Moderna vaksinasining katta partiyasi olib kelindi

Jamiyat

image

Bugun, 28 mart kuni COVAX dasturi doirasida O‘zbekistonga 2 108 400 doza Moderna vaksinasi olib kelindi. Bu haqda UNICEF’ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, ushbu dastur doirasida O‘zbekistonga yetkazib berilgan vaksinalarning umumiy miqdori 19,24 mln dozaga yetdi.

COVAX – JSST, GAVI va CEPIvaccines va UNICEF’ni birlashtirgan global tashabbus. UNICEF vaksinalarni sotib olish va yetkazib berishda yetakchi rol o‘ynaydi.

Avvalroq, 14 mart kuni COVAX dasturi doirasida hm O‘zbekistonga 1 mln 999,5 ming doza Pfizer/BioNTech vaksinasi keltirilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

vaktsina

Baholaganlar

67

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing