O‘zbekistonga ko‘chib kelganlar soni 2,5 barobarga oshdi

Bu qiziq

image

2026 yilning yanvar-iyun oylarida O‘zbekistonga xorijiy davlatlardan 1 649 kishi doimiy yashash maqsadida ko‘chib kelgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bu ko‘rsatkich 2025 yilning mos davriga nisbatan 976 nafarga yoki 2,5 barobarga oshgan. Xorijdan doimiy yashash uchun ko‘chib kelganlarning asosiy qismi quyidagi davlatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan:

  • Rossiya – 580 nafar;
  • Qozog‘iston – 362 nafar;
  • Tojikiston – 147 nafar;
  • boshqa davlatlar – 560 nafar.

Hududlar kesimida xorijdan ko‘chib kelganlar soni:

  • Toshkent shahriga – 1 089 nafar;
  • Toshkent viloyatiga – 269 nafar;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasiga – 115 nafar;
  • Navoiy viloyatiga – 31 nafar;
  • Samarqand viloyatiga – 22 nafar;
  • Xorazm viloyatiga – 21 nafar;
  • Surxondaryo viloyatiga – 18 nafar;
  • Sirdaryo viloyatiga – 15 nafar;
  • Farg‘ona viloyatiga – 15 nafar;
  • Buxoro viloyatiga – 13 nafar;
  • Namangan viloyatiga – 13 nafar;
  • Jizzax viloyatiga – 12 nafar;
  • Andijon viloyatiga – 11 nafar;
  • Qashqadaryo viloyatiga – 5 nafar.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistondan Qozog‘istonga ko‘chib ketayotganlar soni so‘nggi yillarda sezilarli darajada kamaygani, biroq O‘zbekiston mamlakatga eng ko‘p ko‘chib borayotgan davlatlar orasida yetakchilikni saqlab qolayotgani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing