O‘zbekistonga koronavirusga qarshi 5000 dona vaksina olib kelindi

Jamiyat

image

O‘zbekistonga Xitoy kompaniyasi ishlab chiqargan koronavirusga qarshi vaksinadan 5000 ta olib kelindi. Vaksinalar hozir maxsus sharoitlarda saqlanyapti. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov “Zamon” informatsion dasturiga ma’lum qildi. 

Ma’lum qilinishicha 5000 kishidan iborat ko‘ngillilar asosida tuzilgan jamoada bu vaksina tajribasi o‘tkaziladi. Bu tadqiqot ishi bo‘lgani bois hozircha viloyatlarda emas, faqat Toshkent shahrida o‘tkazilishi kutilmoqda. 

“Kuni kecha Xitoydan O‘zbekistonga 4 ta mutaxassis keldi. Yana 5 ta xitoylik mutaxassis kutyapmiz. Ular 4 oy davomida O‘zbekistonda vaksina sinovlarni qanday o‘tkazilishini tashkillashtirishda yordam beradi. Avvalo tushunchaga ega bo‘lish uchun trening darslar tashkil etilishi zarur”, deydi vazir. 

Xabarda keltirilishicha, vazirlik ijtimoiy murojaatlar orqali aholi uchun videoroliklar tayyorlash harakatida. Hozirda vaksina sinovi qaysi poliklinikada bo‘ladi va undagi shart-sharoitlar qanday, degan savollar juda ko‘plab uchradi. Tez orada vaksina sinovi qayerda va qanday ko‘rinishda bo‘lishi ma’lum qilinada.

Avvalroq, “Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical” kompaniya ishlab chiqargan vaksinaning klinik sinovini o‘tkazish rejalashtirilayotgani haqida xabar bergan edik.

Dinara Yusupova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

vaktsina

Baholaganlar

108

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing