O‘zbekistonga xorijdan valyuta kirishi kamaydi
Jamiyat
−
14 iyul 2020
8222O‘zbekistonga xorijdan pul jo‘natmalari miqdori o‘tgan yilning mos davriga nisbatan kamaydi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.
Mamlakatga kelib tushgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari hajmi 2,4 mlrd. dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 156 mln. dollarga yoki 6 foizga kamaygan.
Chet elga yuborilgan transchegaraviy pul o‘tkazmalari miqdori 427 mln dollarga yetib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 40 mln dollar yoki 9 foizga kamaygan.
Natijada transchegaraviy pul o‘tkazmalari bo‘yicha ijobiy saldo 2 mlrd dollarga yetib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 116 mln dollarga yoki 5 foizga kamaygan.
Pandemiya sabab O‘zbekistonga xorijdan pul oqimi kelishi mart va aprel oylarida keskin kamayib ketgandi. Bunga asosan Rossiyada karantin rejimi o‘rnatilib, tashkilotlar ishlamay qolgani va o‘zbekistonlik muhojirlar ishsiz qolgani sabab bo‘ldi, deyish mumkin. Boshqa davlatlarda ham o‘rnatilgan karantin sabab o‘zbekistonlik migrantlarning daromadlari kamayib ketgandi.
LiveBarchasi