O‘zbekistonga qaysi davlatlardan eng ko‘p ko‘chib kelishmoqda?

Jamiyat

image

Doimiy yashash uchun boshqa mamlakatlarga ko‘chib ketayotgan o‘zbekistonliklarning 81,5 foizi Qozog‘istonni tanlamoqda. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, dastlabki yarim yil davomida besh ming nafardan ortiq O‘zbekiston fuqarolari qator davlatlarga doimiy yashash maqsadida ko‘chib ketgan. Ko‘chganlarning asosiy qismini 4 128 kishi tashkil qilib, ular Qozog‘istonga ko‘chib ketgan. Shu bilan birga, Rossiyaga 760 kishi, Qirg‘izistonga 34 kishi, Janubiy Koreyaga 37 kishi, Turkmanistonga 14 kishi, boshqa davlatlarga 93 kishi doimiy yashash maqsadida ko‘chgan.

Shuningdek, O‘zbekistonga yanvar–iyun oylarida xorijiy mamlakatlardan 1 080 kishi doimiy yashash maqsadida ko‘chib kelgan. Ularning asosiy qismi Rossiya (36,1 foiz) va Qozog‘iston (24,1 foiz) fuqarolari hissasiga to‘g‘ri kelgan. 

Joriy yilning birinchi yarmida mamlakat miqyosida bir hududdan boshqasiga ko‘chib kelganlar soni 116,6 ming kishini tashkil etgan (2023 yil mos davrida 106,3 ming kishi). Shundan erkaklar 50,7 ming nafar, ayollar 65,9 ming nafardir. Ko‘chib kelganlar soni shaharlarda 87 ming kishi, qishloqlarda esa 29,6 ming kishi bo‘lgan.

Yarim yil ichida ko‘chib kelganlarning eng ko‘p ulushi Toshkent shahrida (44 605 kishi), eng kam ulushi Namangan viloyatida (1 649 kishi) qayd etilgan.

Olti oy davomida respublika bo‘ylab ko‘chib ketganlar soni 120,6 ming kishini tashkil etgan (2023 yil mos davrida 113,7 kishi bo‘lgan). Shundan erkaklar 52,8 ming nafar, ayollar 67,8 ming nafar. Ko‘chib ketganlar soni shaharlarda 83,9 ming kishi, qishloqlarda 36,7 ming kishi.

Ko‘chib ketganlarning eng ko‘p ulushi Toshkent shahri (35 540 kishi), eng kam qismi Namangan viloyati (2 710 kishi) hissasiga to‘g‘ri kelgan.


Maqola muallifi

Teglar

Statistika

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made