O‘zbekistonga iyun oyida turistlar asosan qaysi davlatlardan kelgani aytildi

Bu qiziq

image

2022 yilning iyun oyida 493,9 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi Matbuot xizmati xabar berdi.  
 
Statqo‘mga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 307,2 ming nafarga yoki 2,6 baravarga oshgan. 
 
O‘zbekistonga iyun oyida eng ko‘p Qozog‘iston (178,1 ming nafar), Qirg‘iziston (123,3 ming nafar) va Tojikiston (113,2 ming nafar)ning fuqarolari turistik maqsadda tashrif buyurgan.

Bundan tashqari, Rossiya (53,4 ming nafar), Turkiya (7,3 ming nafar) hamda Germaniya (2,2 ming nafar) fuqarolari ham sayohat qilish uchun aynan O‘zbekistonni tanlagan.

 Shuningdek:

•  AQSHdan – 1,5 ming nafar; 
•  Koreyadan – 1,7 ming nafar;
•  Hindistondan – 1,5 ming nafar;
•  Isroildan – 1,1 ming nafar;
•  Buyuk Britaniyadan – 0,8 ming nafar;
•  Belarusdan – 0,9 ming nafar;
•  Fransiyadan – 0,6 ming nafar; 
•  Italiyadan – 0,6 ming nafar;
•  Ispaniyadan – 0,4 ming nafar sayyoh O‘zbekistonga tashrif buyurgan.


Maqola muallifi

Teglar

Samarqand sayyoh turistlar

Baholaganlar

858

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing