O‘zbekistonga erkin va raqobatdosh saylovlar kerak – Blinken

Jamiyat

image

Kecha, 22 aprel kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken bilan telefon orqali muloqot qilgani haqida xabar bergan edik.

AQSH Davlat departamentiga ko‘ra, Komilov va Blinken suhbati chog‘ida O‘zbekiston uchun fundamental erkinliklar, ayniqsa, erkin va raqobatdosh saylovlar kerakligi qayd etilgan.

Blinken 2021 yil oxiriga borib ikki davlat o‘rtasida strategik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ilk muloqotni o‘tkazishga umid bildirgan. U ikki davlat uzaro diplomatik aloqalarning 30 yilligini nishonlashini ham qo‘shimcha qilgan.

Blinken AQSH O‘zbekiston mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlagan. Shuningdek, Davlat kotibi Afg‘onistondagi tinchlik jarayonlari va mamlakatning Markaziy Osiyo qtisodiyotiga integratsiyalashuvini qo‘llayotgani uchun O‘zbekistonga minnatdorlik bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston TIV rahbari AQSH Davlat kotibini joriy yil iyul oyida Toshkent shahrida o‘tkaziladigan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi yuqori darajali xalqaro konferensiyaga taklif qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-AQSh

Baholaganlar

356

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing