O‘zbekistonga avtomobil importi qariyb 6 barobarga oshdi

Jamiyat

image

2022 yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonga 18 ta xorijiy davlatdan qiymati 124,5 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 5 948 ta yengil avtomobil import qilingan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Yengil avtomobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 4 873 taga yoki qariyb 6 barobarga oshgan.

Eng ko‘p avtomobil quyidagi davlatlardan import qilingan:

•    Xitoy – 3436 ta
•    Koreya – 1 512 ta
•    Qozog‘iston – 502 ta
•    Rossiya – 431 ta
•    AQSH – 19 ta
•    Yaponiya – 15 ta
•    Germaniya – 9 ta
•    Gonkong – 5 ta
•    Turkiya – 4 ta

O‘zbekistonga fevral oyida 2 911 ta yengil avtomobil import qilingan. Shuningdek, 2 oyda xorijdan 228 ta elektromobil olib kelingan.


Maqola muallifi

Teglar

import avtomobil'

Baholaganlar

308

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing