O‘zbekistonga AQSHdan delegatsiya kelyapti

Jamiyat

image

Joriy yilning 23-25 may kunlari Amerika Qo‘shma Shtatlari Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari bo‘yicha yordamchisi Donald Lu boshchiligidagi AQSH delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasiga keladi. 

Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, bo‘lajak uchrashuvlar va muzokaralar chog‘ida turli sohalardagi O‘zbekiston-AQSH munosabatlarining bugungi holati va rivojlanish istiqbollari muhokama qilinadi.

Mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan ham fikr almashiladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 6-9 mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri boshchiligidagi delegatsiya Amerika Qo‘shma Shtatlarida bo‘lgandi. O‘zbekiston TIV rahbari Vashingtonga tashrifi doirasida AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken bilan muzokaralar o‘tkazgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-AQSh

Baholaganlar

295

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing