AQSHdan Prezident aytgan vaksinalar kelmoqda

Jamiyat

image

Joriy yilning 29 iyul kuni Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining “COVAX” dasturi doirasida O‘zbekistonga AQSHdan maxsus reys bilan 3 mln doza Moderna vaksinasi olib kelinadi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

O‘zbekiston elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar “Moderna” kompaniyasining koronavirusga qarshi 3 mln doza vaksinani beg‘araz taqdim etdi.

Ma’lumot uchun, Moderna vaksinasining koronavirusga qarshi samadorligi 94 foiz. Bu vaksina bilan 18 va undan katta yoshdagilar emlanishi mumkin.

Avvalroq O‘zbekiston Prezident Shavkat Mirziyoyev videoselektor yig‘ilishida avgust oyi boshida O‘zbekistonga yana 3 mln doza vaksina olib kelinishi haqida aytib o‘tgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

173

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing