Amerikalik 27 nafar o‘qituvchi O‘zbekiston maktab va OTMlarida dars beradi
Jamiyat
−
09 fevral 2021
5554O‘zbekistonga Amerika Qo‘shma Shtatlardan 27 nafar ingliz tili mutaxassisi keldi. Toshkent shahridagi 295-maktabda O‘zbekiston bo‘ylab maktab va universitetlarda dars beradigan o‘qituvchilar kutib olindi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizma ma’lum qildi.
Tadbirda Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov va AQSHning O‘zbekistondagi elchisi Deniyel Rozenblyum ishtirok etdi.
Ta’kidlanishicha, yanvar oyida kelgan va ikki haftalik karantin davrini tamomlagan guruh koronavirus pandemiyasi boshlanganidan buyon Markaziy Osiyoga tashrif buyurgan AQSH almashinuv ishtirokchilarining birinchi guruhi.
“O‘zbekiston Prezidenti o‘zining Parlamentga qilgan murojaatida chet tillarini o‘rganishni bu yilgi ustuvor vazifalardan biri, deya ta’kidladi. Shu bois joylarda ingliz tilini o‘rgatishni yanada yaxshilashga ko‘maklashishi uchun biz AQSHdan mutaxassislarni taklif etdik. Bu bizga yuqori maqsadlarga ega “English Speaking Nation” loyihamizni amalga oshirishda yaqindan yordam beradi”, dedi vazir Shermatov.
Ma’lum qilinishicha, o‘qituvchilarning aksari mahalliy o‘qituvchilar davrasiga qo‘shilib, sinfxonalardagi darslarda bevosita ishtirok etadi. Guruhdagi yetti kishi esa “English Speaking Nation” dasturi doirasidagi “Murabbiy-trenerlar2 nomli pilot loyihada qatnashadi. Uning maqsadi O‘zbekiston o‘rta maktablaridagi chet tili o‘qituvchilariga kasbiy rivojlanish va malaka oshirishda amaliy yordam berishdan iborat. Ushbu dasturni AQSH elchixonasi jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi granti asosida Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda Amerika kengashlari amalga oshiradi.
LiveBarchasi