O‘zbekistonga Afg‘onistondan delegatsiya kelyapti

Jamiyat

image

Joriy yilning 28-29 avgust kunlari Afg‘oniston Islom Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Hanif Atmar boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyuradi.

TIV xabariga ko‘ra, tashrif dasturida Hukumat, tashqi ishlar, investitsiyalar va tashqi savdo vazirliklarida hamda boshqa idoralarda uchrashuvlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Bo‘lajak muzokaralar chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiy, energetika, transport, aloqa va boshqa sohalarda ikki tomonlama hamkorlikning holati hamda rivojlanish istiqbollarini muhokama qilish rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Afg‘onistonda tinchlik va osoyishtalik o‘rnatilishiga qaratilgan barcha amaliy tashabbuslarni izchil qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Jumladan, 2017 yilda Toshkentda Afg‘on muammosiga bag‘ishlangan xalqaro forum o‘tkazilgandi. Bundan keyin ham qator formatlardagi sammitlarda O‘zbekiston Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish uchun avvalo afg‘onlararo muzokaralar boshlanishi kerakligini aytib chiqdi.

Afg‘oniston Prezidenti Ashraf G‘ani “Tolibon” jangarilarini ozod qilish to‘g‘risida farmonni e’lon qilganidan keyin afg‘onlararo muzokarlarni boshlash imkoniyati paydo bo‘ldi. “Tolibon” o‘z tarafdorlari ozod qilinganidan bir hafta o‘tib Hukumat bilan muzokara boshlashini ma’lum qildi.

Rushanabonu Sultonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

74

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing