O‘zbekistonga 4 ta Mi-35M jangovar vertolyotlari keltirildi
Jamiyat
−
13 fevral 2020 9563 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi ixtiyoriga 4 dona Mi-35M vertolyoti yetkazib berildi. Ayni vaqtda vertolyotlar Toshkent xalqaro aeroportida turibdi. Bu haqda “Sputnik” xabar bermoqda.
Kelishuvlarga ko‘ra, ikki yil davomida Rossiya O‘zbekistonga umumiy hisobda 12 dona Mi-35M transport-jangovar vertolyotlarini yetkazib beradi.

Birinchi to‘tta vertolyot 2019 yil to‘rtinchi chorakda yetkazib berilgandi. Harbiy-texnik hamkorlik federal xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Mi-35M vertolyotlarini yetkazib berish 2017 yilda O‘zbekiston hukumatiga berilgan davlat eksport krediti asosida amalga oshirilmoqda.

Mi-35M transport va jangovar vertolyoti zirhli texnikalarni yo‘q qilish va quruqlikdagi kuchlar bo‘linmalarini zarba berish tomondan qo‘llab-quvvatlash uchun mo‘ljallangan. Zamonaviy yuqori aniqlikdagi qurol-aslahalar bilan jihozlangan va turli ob-havo sharoitida jangovar vazifalarni bajarishga qodir. Mi-35M vertolyotlarida harbiy xizmatchilar va texnikani tashish mumkin.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025