O‘zbekistonga 100 dan ortiq dron olib kelinadi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sohasida uchuvchisiz apparatlardan foydalanish rejalashtirilmoqda. Bu haqda kecha, 31 iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tkazgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Bildirilishicha, kuzda O‘zbekistonga 100 dan ziyod zamonaviy dron olib kelinadi. Mutasaddilarga xususiy sektorni jalb etib, fermerlarga dronlar yordamida xizmatlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

Shuningdek, somonpoyalarni yoqishga chek qo‘yishning qonuniy asoslarini yaratish zarurligi aytildi. Kosmik tadqiqotlarda qurilish, kadastr, noruda konlari, o‘rmon va yaylov yerlari bo‘yicha ham tahlillar borligi ta’kidlanib, vazirlar va hokimlarga ularni o‘rganib, rejalar ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil boshida O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi Malayziyaning Meraque kompaniyasi bilan dronlarni mahalliylashtirgan holda ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuv imzolanganini ma’lum qilgandi. Rossiyaning uchuvchisiz havo tizimlari ishlab chiquvchisi bo‘lgan “Transport buduego” kompaniyasi bosh direktori Yuriy Kozarenko esa 28 aprel kuni “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasining yalpi majlisida joriy yil oxirigacha O‘zbekistonda fuqarolik dronlari ishlab chiqaruvchi korxona ishga tushirilishini bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston dron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing