O‘zbekistondan vaqtincha chiqib ketgan keksalarga pensiya to‘lanmaydimi?

Jamiyat

image

Pensioner O‘zbekistondan chiqib 3 oydan ortiq vaqt mobaynida qaytib kelmasa, pensiya to‘lash vaqtincha to‘xtatib turiladi. Bu haqda 2022 yil 13 oktyabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom”ida so‘z boradi.

Nizomga ko‘ra, bugungi kunda:

  • pensioner O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga chiqib 3 oydan ortiq vaqt mobaynida O‘zbekistonga qaytib kelmaganida pensiyani to‘lash vaqtincha to‘xtatib turiladi;
  • bunda vaqtincha to‘xtatilgan pensiyani to‘lash pensioner O‘zbekistonga qaytib kelgandan so‘ng qayta tiklanadi.

Fuqaro O‘zbekistonga qaytib kelgandan so‘ng olinmay qolgan oylardagi pensiyasini 24 oyligini olish huquqiga ega. Bunda pensiya puli pensiyani olish maqsadida murojaat etilganidan oldingi 24 oydan oshmagan davr uchun to‘lanadi.

Eslatib o‘tamiz, 2024 yil 25 sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat pensiya ta’minoti tizimini isloh qilish konsepsiyasini ishlab chiqish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarori qabul qilingandi. Qarorda amaldagi davlat pensiya ta’minoti tizimida mavjud muammolarni tahlil qilish hamda ilg‘or xorijiy tajriba asosida pensiya ta’minoti tizimining barqarorligini ta’minlash va ijtimoiy adolatni mustahkamlashga qaratilgan takliflarni tayyorlash uchun mas’ul ishchi guruh tashkil etilishi belgilangan. Ishchi guruh 2025 yil 1 martga qadar davlat pensiya ta’minoti tizimini isloh qilish konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqishi va kiritishi zarur.


Maqola muallifi

Teglar

pensiya Pensioner

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing