O‘zbekistondan kelayotgan avtomobillarga boj bir necha marta pasaytirildi
Jamiyat
−
13 avgust 2019
6172Tojikiston O‘zbekistondan mamlakatga kelayotgan transport vositalari uchun sug‘urta bojini bir necha marta kamaytirdi. Bu haqda AP xabar berdi.
Endi O‘zbekiston fuqarolari yengil avtomobilda Tojikistonga kirayotganda mashina dvigatelining hajmiga qarab 15-20 somoni to‘laydi.
Bungacha o‘zbekistonliklar yengil avtomobilda Tojikiston hududiga o‘tganda davlat sug‘urta boji sifatida 52 somoni to‘lagan. Bu O‘zbekiston o‘rnatgan boj bilan deyarli teng bo‘lgan.
O‘zbekiston tojik avtomobillari uchun kirish bojini joriy yilning iyun oyi o‘rtalarida pasaytirdi. 14 iyundan Tojikiston fuqarolari avtomobilda O‘zbekistonga kirish uchun taxminan 15-20 somoni to‘layapti.
LiveBarchasi