O‘zbekistondan Qozog‘istonga 1,6 mlrdlik “inomarka” olib o‘tayotganlar ushlandi

Olam

image

O‘zbekistondan Qozog‘istonga umumiy qiymati 1,58 mlrd so‘m bo‘lgan xorijiy mashinalarni olib o‘tmoqchi bo‘lganlar ushlandi. Bu haqda Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasining Bojxona xizmati xabar berdi.

Holat 19 mart kuni qayd etilgan. Turkiston viloyatidagi “B.Konisbayev” chegara punktida chegara naryadi O‘zbekistondan Qozog‘istonga kirayotgan uchta yuk mashinasini to‘xtatgan. Ularda tegishli hujjatlarsiz oltita yengil mashina bo‘lgan.

Kontrabandaga urinish uchun Qozog‘iston fuqarolari qo‘lga olingan. Mashinalarning dastlabki taxminiy qiymati 70 million tengeni (taxminan 1,6 mlrd so‘m) tashkil qiladi.

Qo‘lga olingan yuk Turkiston viloyati Iqtisodiy tergov bo‘limiga yuborilgan.


Maqola muallifi

Teglar

kontrabanda avtomobil'

Baholaganlar

372

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing