O‘zbekistondan Qirg‘izistonga mikroavtobuslar qatnovi tiklandi

Jamiyat

image

O‘zbekistonning Andijon viloyatidan Qirg‘izistonning Osh shahriga mikroavtobuslar qatnovi qayta tiklandi. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, kecha, 1 iyun sanasidan ushbu yo‘nalish qayta tiklanib, Qirg‘iziston Respublikasiga tegishli “Transordo” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan 12 dona zamonaviy mikroavtobus qatnovlarni amalga oshirishni boshlagan.  

Ushbu yo‘nalishdagi qatnovlar 2019 yilning 25 sentyabr sanasidan yo‘lga qo‘yilgan edi. 2020 yilda O‘zbekiston hududiga koronavirus infeksiyasi kirib kelishining oldini olish maqsadida mazkur yo‘nalishdagi qatnovlar vaqtinchalik to‘xtatilgandi. 

Ma’lumot uchun, davlat chegaralarini kesib o‘tish jarayonida ikki davlat fuqarolaridan so‘nggi 72 soat ichida o‘tkazilgan koronavirus infeksiyasi yo‘qligini ko‘rsatuvchi PZR testi natijalari hamda O‘zbekiston fuqarolaridan xorijga chiqish biometrik pasporti mavjud bo‘lishi talab etiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon Osh

Baholaganlar

147

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing