O‘zbekistondan Qirg‘izistonga ketayotgan avtobus Qozog‘istonda YTHga uchradi
Olam
−
27 avgust 2022
20821Qozog‘istonning Turkiston viloyatida xorijiy davlat fuqarolari bo‘lgan avtobus yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Oqibatda 12 kishi shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligining axborot portalida xabar berildi.
YTH bugun, 27 avgust kuni soat 7:18 da yuz bergan. Avtobus O‘zbekistondan Qirg‘izistonga ketayotgan bo‘lgan. Shakpak qishlog‘i yaqinidagi chorrahada haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan va transport vositasi yo‘l chetiga chiqib ketgan.
Yo‘lovchilarning, jumladan, jabrlanganlarning fuqaroligi ko‘rsatilmagan. Hodisaning barcha holatlari vakolatli organlar tomonidan o‘rganilmoqda.
Ushbu fakt huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan Qozog‘iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 345-moddasi 2-qismi bo‘yicha ro‘yxatga olingan.
LiveBarchasi