O‘zbekistondan bosh olib ketayotganlar soni ortdi
Jamiyat
−
31 Oktabr 2023
49809Joriy yilda O‘zbekistonni tark etgan aholi soni o‘tgan yilgi ushbu ko‘rsatkichga nisbatan qariyb 2 mingtaga ortgan. Bu haqda Statistika agentligi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 2023 yil yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekistondan ko‘chib ketganlar soni 168,7 ming kishini tashkil etgan. Ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davrida 166,9 mingtaga to‘g‘ri kelgandi.
Shuningdek, joriy yilda O‘zbekistondan ayollar ko‘proq ko‘chib ketgan. Bunda erkaklarning ko‘rsatkichi 70,1 ming kishini, ayollar soni esa 98,6 mingtani tashkil etgan. Bu esa mamlakatni tark etgan aholining yarmidan ko‘prog‘i, ya’ni 58,5 foizi ayollar ekanini anglatadi.
Ko‘chib ketganlarning geografik kesimi esa quyidagicha:
• Shahar joylarida – 131,3 ming kishi (77,8 foiz);
• Qishloq joylarida – 37,4 ming kishi (22,2 foiz).
Aholining asosiy qismi Qozog‘iston (jami 81,3 foiz), Rossiya (15,3 foiz), Qirg‘iziston (0,5 foiz), Janubiy Koreya (0,5 foiz), Turkmaniston (0,2 foiz) va boshqa mamlakatlar (2,2 foiz)ga ko‘chib ketgan. Ularninig 81,4 foizi mehnatga layoqatli yoshdagilar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2023 yilning yanvar-iyun oylarida 2 milliondan ortiq O‘zbekiston fuqarolari qaysi mamlakatlarga borgani ochiqlangandi.
LiveBarchasi