O‘zbekistondagi veb-resurslarga bir yilda qancha kiberhujum uyushtirilgani aytildi
Jamiyat
−
14 fevral
30502023 yilda qayd etilgan tarmoq hujumlarining intensivligida sezilarli o‘sish kuzatilib, 2022 yilga nisbatan mazkur ko‘rsatkich 148 foizga ortgan. Bu haqda Kiberxavfsizlik markazi hisobotida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, 2022 yilda kiberhujumlar soni 4 mln 433 ming 789 tani tashkil qilgan bo‘lsa, 2023 yilda ushbu ko‘rsatkich 11 mln 20 ming 235 taga yetgan. Shuningdek, o‘tgan yilda Niderlandiya (759,5 mingta), AQSH (696,6 mingta), Rossiya (100 mingta), Germaniya (58 mingta), Hindiston (53 mingta) va Xitoy (51 mingta) hududidagi IP-manzillardan eng ko‘p kiberhujumlar uyushtirilganligi kuzatilgan.
Davlat idoralari veb-resurslarida aniqlangan kiberxavfsizlik hodisalari o‘rganilganda veb-resurslarda mavjud bo‘lgan quyidagi zaifliklar sababli yuzaga kelganligi kuzatildi:
-foydalanuvchi kontentini tekshirish va filtrlashning mavjud emasligi;
-kodlashdagi zaifliklar (PHP-plaginlari);
-csfr-zaifliklari;
-kross-brauzer zaifliklari va boshqalar;
-zaif parol himoyasi.
Sarvar Xurramov
LiveBarchasi