O‘zbekistondagi vaksinalardan qay biri “Omicron”ga qarshi tura olishi ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Xitoyning Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical kompaniyasi o‘zining ZF-UZ-VAC2001 koronavirusga qarshi vaksinasi bo‘yicha kichik tadqiqot natijalarini e’lon qildi. Ularga ko‘ra, bu preparat koronavirusning “omicron” variantiga qarshi antitanachalar ishlab chiqarilishiga olib kelishi mumkin. Bu haqda “Reuters” yozmoqda. 

Ta’kidlanishicha, kompaniya vaksina “omicron” shtammiga qarshi qanday ishlashi haqida ma’lumotni e’lon qilgan birinchi Xitoy vaksina ishlab chiqaruvchisi bo‘ldi, bu esa yangi o‘sish bo‘yicha global xavotirga sabab bo‘lmoqda.

Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical tadqiqot natijalariga ko‘ra, “omicron”ga qarshi zararsizlantiruvchi antitanachalar bir oy oldin uchta kurs vaksina olgan 32 sub’ektning 78 foizidan olingan namunalarda topilgan.

Kompaniya, shuningdek 32 ta sub’ektdan 16 tasi 4 oydan ko‘proq vaqt oralig‘ida 2 va 3 dozalarni olganligini va ularning barchasida “omicron”ga qarshi zararsizlantiruvchi antitanachalar mavjudligini aniqlagan, ammo antitanachalar darajasi asl koronavirusga nisbatan kuzatilgan darajaga nisbatan taxminan uch baravar kamaygan.

Avvalroq, dunyoda koronavirusning “omicron” shtammi bilan bog‘liq ilk o‘lim holati qayd etilgani haqida xabar bergandik. Yangi shtammning ilk qurboni Buyuk Britaniya fuqarosi bo‘lgandi. 

Ma’lumot uchun, hozirgacha koronavirusning “omicron” shtammi bilan kasallanish holatlari Afrika, Belgiya, Italiya, Germaniya, Shveysariya, Kanada, Niderlandiya, Avstraliya, Saudiya Arabistoni, AQSH, BAA va boshqa mamlakatlarda aniqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus omicron

Baholaganlar

660

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing