O‘zbekistondagi uchta universitetda yuridik fakultetlar ochiladi

Jamiyat

image

Samarqand, Namangan va Termiz davlat universitetlarida yuridik fakultetlar tashkil etiladi va “yurisprudensiya” yo‘nalishi bo‘yicha belgilangan tartibda shakllantiriladigan va tasdiqlanadigan kvotalar bo‘yicha qabul, shu jumladan tabaqalashtirilgan to‘lov kontrakt asosida qo‘shimcha qabul amalga oshiriladi.

Bu haqda “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomilashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” Prezident Farmonida ta’kidlab o‘tildi.

Hujjatga muvofiq, Toshkent davlat yuridik universiteti “yurisprudensiya” mutaxassisligi bo‘yicha yuridik kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash bo‘yicha bazaviy oliy ta’lim va ilmiy-metodik muassasa etib belgilandi.

Bundan tashqari, davlat, huquq va siyosiy-huquqiy fikr sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlarni amalga oshiradigan Fanlar akademiyasining Davlat va huquq instituti tashkil etiladi.

Farmon bilan zamonaviy talablar, ilg‘or xalqaro yuridik tajriba va mehnat bozori ehtiyojlari asosida yuqori malakali, ijodiy fikrlaydigan, halol kadrlar tayyorlash kabi yuridik ta’lim va fanni yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

Universitet

Baholaganlar

329

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing