Geologiya fanlari universiteti va Geologiya muzeyi tashkil etiladi

Jamiyat

image

Bugun, 27 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev geologiyada amalga oshirilayotgan ishlar tahlili va galdagi vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Yig‘ilishda geologiya sohasida qilinishi zarur bo‘lgan ishlar muhokama qilindi.

Joriy yil 24 yanvarda Oliy Majlisga yo‘llangan Murojaatnomada hamda 31 yanvar kuni ilm-fan vakillari bilan uchrashuvda davlat rahbari geologiya sohasida ilmiy salohiyatni rivojlantirishga doir qator istiqbolli vazifalarni belgilab bergan edi.

Ma’lum qilinishicha, shu asosda Geologiya fanlari universitetini tashkil etish bo‘yicha ish olib borilmoqda. Uning o‘quv dasturlari Sankt-Peterburg konchilik universiteti va boshqa xorijiy ta’lim muassasalarining ilg‘or tajribasi yordamida ishlab chiqilmoqda.

Shuningdek, bugungi yig‘ilishda mazkur yangi universitet qoshida Geologiya muzeyini tashkil etish va uning faoliyatini o‘quv jarayoniga bog‘lash yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.


Maqola muallifi

Teglar

Geologiya Muzey Universitet

Baholaganlar

27

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing