O‘zbekistondagi monopol kompaniyalar ro‘yxati e’lon qilindi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tabiiy monopoliya sub’ektlarining davlat reyestridagi korxonalar ro‘yxatini e’lon qildi.

2020 yil 1 aprel holatiga tabiiy monopoliya sub’ektlarining davlat reyestrida 11 turdagi tovarlar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha 136 ta xo‘jalik yurituvchi sub’ekt ro‘yxatga olingan.

Reyestrning respublika bo‘limiga “Urgenchtransgaz” UK, “O‘zbekgidroenergo” AJ, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ, “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ, “O‘zbekneftgaz” AJ, “O‘ztransgaz” AJ, “Hududgazta’minot” AJ, “Maxsusenergogaz” AJ, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ, “O‘zbekiston pochtasi” AJ, “Tuyamuyun-Nukus mintaqalararo suv quvuridan foydalanish boshqarmasi” DUK, “Tuyamuyun-Urgench mintaqalararo suv quvuridan foydalanish boshqarmasi” DUK, “Damxo‘ja mintaqalararo suv quvurlaridan foydalanish boshqarmasi” DUK, “Toshkent viloyati Chimgan-Chorbog‘ rekratsion hududiy mintaqalararo suv quvurlaridan foydalanish boshqarmasi” DUK, “O‘zaeronavigatsiya” DUK kirgan.

Reyestrning Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limiga “Kommunalыk ыssыklыk orayы” AJ, “Taxiatosh Issiqlik tarmoqlari” MCHJ, “Nukus xalqaro aeroporti” DUK, “O‘zbekiston Temir yo‘llari» AJ Qo‘ng‘irot mintaqaviy temir yo‘l uzeli” UK kirgan.

Reyestrning Toshkent shahri hududiy bo‘limi ro‘yxatidan “Toshisiqquvvati” DUK, Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti, “Toshkent mintaqaviy temir yo‘l uzeli” UK, “Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti” DUK, “Toshkent mexanika zavodi” AJ, “Zenit” MCHJ, “Fayz” MCHJ, “Toshkentdonmahsulotlari” AJ, “Toshkent issiqlik markazi” DUK, “Podemnik” AJ, “O‘zelektroapparat-Elektrosheld” MCHJ, “SOUTH-WEST TERMINAL” MCHJ, “ATM LOGISTIK” MCHJ, “Suvsoz” DUK, “Toshkent suv ta’minoti” UK, “ROSINFORMSERVIS” SHK va “Toshkent devor panellari zavodi” MCHJ joy olgan.


Maqola muallifi

Teglar

monopoliya

Baholaganlar

744

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing