O‘zbekistondagi maktablardan qancha ota-ona noroziligi ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 38,4 foiz ota-onalar maktablarda berilayotgan bilim darajasidan qoniqmasligini bildirdi. Buni prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti ekspertlari o‘rgandi.

Natijalarga ko‘ra, O‘zbekistonda 38,4 foiz ota-onalar maktablarda berilayotgan bilim darajasidan qoniqmaydi. 12,8 foiz ota-ona farzandlarining bilim darajasini yuqori, 48,8 foizi kelajakdagi kasblar uchun yetarli deb hisoblaydi. Aksariyat ota-onalar repetitor xizmatidan faol foydalanadi.

61,1 foiz ota-onalarning fikriga ko‘ra, bola uchun o‘quv yukining intensivligi maqbul darajada. Ota-onalarning 25,1 foizi o‘quv yukini yuqori, 13,8 foizi esa past deb hisoblaydi. 59,1 foiz ota-onalarning fikriga ko‘ra, maktablarning o‘quv rejasida maktabdan tashqari mustaqil ravishda o‘rganish mumkin bo‘lgan fanlar mavjud.

Bundan tashqari, mamlakatda o‘quvchilar boshqa mamlakatlardagiga qaraganda ancha ko‘p o‘qiydi. Ular uchun haftalik o‘rtacha yuklama 28,2 soatni tashkil qiladi. Lekin o‘quvchilar boshqa fanlarga qaraganda matematika fanidan nisbatan kamroq tahsil olishi kuzatilgan.

Shuningdek, respublika maktablarida o‘quv-rejasiga ko‘ra ijtimoiy va amaliy fanlarga ko‘proq vaqt ajratiladi. O‘qituvchilar uchun dars soatlari boshqa mamlakatlardagidan jiddiy farq qilmaydi, ammo o‘qitish kunlari ancha ko‘p. Bir o‘qituvchiga o‘quvchilar soni 11,9 nafarni tashkil etishi tahlilda aniqlangan.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning 29 dekabr kuni o‘qituvchilar bilan bo‘lib o‘tgan norasmiy muloqotda Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limiga zamonaviy fanlarni kiritish hisobiga, ayrim fanlarni qisqartirish masalasiga to‘xtalgani haqida xabar berilgan edi.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing