Prezident maktablarda ayrim fanlarni qisqartirish haqida o‘ylayapti

Jamiyat

image

10 mingdan ortiq maktabdan 842 tasining birorta bitiruvchisi oliy o‘quv yurtiga kira olmagan. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 29 dekabr kuni o‘qituvchilar biilan o‘tayotgan norasmiy muloqotida so‘z ochdi. 

Davlat rahbari maktab ta’limiga zamonaviy fanlarni kiritish hisobiga, ayrim fanlarni qisqartirish masalasiga to‘xtaldi. 

“Balki ayrim fanlarni qisqartirarmiz, zamonaviy fanlarni ko‘paytirarmiz. Negadir biz qisqartirishdan qo‘rqamiz. 

Agar biror fan zamonaviylikdan ortda qolsa, uni saqlab turishda nima ma’no bor? 10 mingdan ortiq maktabdan 842 tasining birorta bitiruvchisi oliy o‘quv yurtiga kira olmagan. Buni qanday baholash mumkin?”, deydi davlat rahbari. 

Shuningdek, u “Bolalar yomon bo‘lib ketdi” degan fikrdan voz kechishga chaqirdi. 

“O‘zimizga savol qo‘yaylik – ularni yaxshi qilish uchun nimalar qildik?! Baribir ular o‘zimizning farzandlarimiz”, deydi davlat rahbari. 

U 590 ming ustoz-muallimlar, murabbiylarga murojaat qilib, shunday dedi:

“Bugungi yoshlarimizning talabi juda katta. Oddiygina telefonni katta avlod tushunmaydi. Ammo uni kuzatgan bolalarimiz biz kattalarga savol berib qiyin vaziyatga solib qo‘yishyapti. Dunyo voqealariga oid masalalarga qiziqishyapti. 

Farzandlarimizni aldab bo‘lmaydi. Bugun informatsion texnologiyalarni sinfxonaga kirgan o‘qituvchiga nisbatan o‘quvchilar ko‘proq bilishadi, desak to‘g‘ri bo‘ladi”, Prezident.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

346

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing