O‘zbekistondagi mahallalarning chorak qismida jinoyatlar soni oshdi

Jamiyat

image

2020 yilning o‘tgan 9 oyida O‘zbekistondagi 2304 ta yoki 25,2 foiz mahallalarda jinoyatlar soni oshgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi ma’lum qildi.

Xususan, jinoyatchilik Qoraqalpog‘iston Respublikasida 25,2 foiz, Qashqadaryoda 27,5 foiz, Surxondaryoda 35,9 foiz, Samarqandda esa 24,2 foiz, Farg‘ona viloyatida 63,1 foizga oshgan.

Birgina Farg‘ona viloyatida so‘nggi 15 kunlikda o‘g‘rilik jinoyati (JKning169-moddasi) – 22 taga, firibgarlik jinoyati (JKning 168-moddasi) – 3 taga, yengil tan jarohati (JKning 109-moddasi) – 3 taga oshgan. Bezorilik va giyohvand moddalar saqlash jinoyatlari aniqlanmagan.

Respublikada mavjud 9 150 ta mahalladan 4 519 tasida yoki 49,4 foizida umuman jinoyat sodir etilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

statistika jinoyatchilik

Baholaganlar

81

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing