O‘zbekistondagi qaysi kompaniyalar YeIning “qora ro‘yxati”ga kirgani ma’lum bo‘ldi

Olam

image

Bugun, 23 iyun kuni Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarning 11-paketini e’lon qildi. “Qora ro‘yxat”ga kiritilgan yuridik shaxslar orasida O‘zbekistondagi ikki kompaniya ham bor. Bu haqda Yevropa Ittifoqining rasmiy jurnali xabar berdi.

O‘zbekistondagi "Alfa Beta Creative" va "GFK Logistic Asia" mas’uliyati cheklangan jamiyatlari Yevroittifoq tomonidan cheklovlar qo‘yilgan kompaniyalar ro‘yxatiga kiritilgan. Ular Rossiyaning mudofaa va xavfsizlik sektorini rivojlantirishga hissa qo‘shganlikda ayblanmoqda. 

Mazkur tashkilotlardan biri ofis texnikasi va uskunalarining ulgurji savdosi bilan shug‘ullansa, boshqasi quruqlik transporti sohasida ish olib boradi. E’tiborli jihati shundaki, ikkala kompaniya ham bir xil manzilda ro‘yxatdan o‘tgan. 

Ma’lumot uchun, joriy yilning aprel oyida AQSH Savdo vazirligi ham aynan manashu ikki kompaniyaga nisbatan sanksiya kiritgan. O‘shanda Vashington cheklovlarga sabab sifatida eksport nazoratidan qochishga urinishlar, Rossiya harbiy va mudofaa sanoati bazasini qo‘llab-quvvatlash uchun Amerikadan tovarlarni sotib olish yoki sotib olishga urinishlarni ko‘rsatgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya O'zbekiston Evropa Ittifoqi sanktsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing