O‘zbekistondagi qator chegara-bojxona postlari tugatilyaptimi? (video)
Jamiyat
−
09 yanvar 6630 1 daqiqa
Bugun, 9 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekistondagi bir qator chegara bojxona postlari tugatilayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Bojxona qo‘mitasi munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, Prezidentning 2025 yil 17 dekabrdagi “Bojxona ma’muriyatchiligi va tashqi savdo tartibotlarini yanada soddalashtirish hamda samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan quyidagi 6 ta bojxona posti va punktida sinov tariqasida 2026 yil 31 dekabrga qadar avtotransport vositalarining ko‘zdan kechiruvi chegara qo‘shinlari tomonidan amalga oshirilishi belgilandi:
- “Bobotog‘” bojxona punkti;
- “Uchto‘rg‘on” chegara bojxona posti;
- “Pop” chegara bojxona posti;
- “Rovot” chegara bojxona posti;
- “Rishton” chegara bojxona posti;
- “Bekobod avto” chegara bojxona posti.
Bildirilishicha, bu ushbu bojxona postlari tugatilishigi anglatmaydi. Aksincha, bir-birini takrorlovchi funksiyalarning qisqartirilishi hisobiga ayrim bojxona nazorati tartib-taomillari chegara qo‘shinlariga o‘tkazilishini anglatadi.
“Iltimos, jamoatchilikni noto‘g‘ri va tasdiqlanmagan xabarlar bilan chalg‘itmang! Ushbu chegara bojxona postlari o‘z faoliyatini davom ettiradi!” deyiladi xabarda.
Live
Barchasi