O‘zbekistondagi issiqxonalar falokat yoqasida – ekspert
Jamiyat
−
18 Oktabr 2023
19231Mashhur o‘zbek iqtisodchisi Yuliy Yusupov O‘zbekistondagi “issiqxonachilar” uchun og‘ir mavzuni – mamlakat gazdan ko‘mirga o‘tayotgani haqida muammmoni ko‘tarib chiqdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda issiqxona xo‘jaliklari yo‘q bo‘lib ketish arafasida turibdi.
Mutaxassisning bildirishicha, bugungi kunda O‘zbekistonda 5,2 ming gektar maydonda 6 mingdan ortiq issiqxona faoliyat yuritmoqda. Ularda 600 million dollarlik mahsulot ishlab chiqarilmoqda, bundan 300 million dollari eksport ulushiga to‘g‘ri keladi. Ushbu sanoatda 35 mingdan ortiq kishi ishlaydi.
“Bugungi kunda ushbu sohaning asosiy muammosi shundaki, amaldorlarimiz negadir issiqxona egalarini gazdan ko‘mirga o‘tkazmoqchi. Aslida, “issiqxonachi”lar hissasiga mamlakatda iste’mol qilinayotgan gazning 1 foizi to‘g‘ri keladi. Ular gaz uchun to‘lov qilishgan, to‘lashyapti va eng yuqori tariflarda ham to‘lashga tayyor”, deb yozadi Yusupov.
Mutaxassisning qo‘shimcha qilishicha, ko‘mirga o‘tish ko‘plab ishlab chiqarish ob’ektlarini rentabellikka olib keladi va ularni yopishga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, ko‘mirda ishlaydigan uskunalarga sarmoya kiritish esa sohani qarz botqog‘iga botiradi.
Muallifning yozishicha, issiqxona egalariga berilgan kreditlar o‘sha amaldorlarning bosimi va “qop-qop va’dalar” ostida taqsimlangan.
Iqtisodchi o‘rtaga savol tashlaydi:
"Nega amaldorlar bu sohani vayron qilishda va hatto to‘lanmagan kreditlar tufayli moliyaviy inqirozni qo‘zg‘atishda qat’iylik bilan harakat qilmoqda?
Eslatib qo‘yay, bir necha yil avval issiqxonalarni gazga ulash orqali haqiqiy korrupsiya chohi yaratilgan edi. Bir yil oldin ular gazdan uzib qo‘ymoqchi bo‘lishdi, lekin qarshilikka duch kelishdi. Bu yana takrorlanyapti...”, deya ta’kidladi Yuliy Yusupov.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Buxoro shahrida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida O‘zbekistonda ixtiyoriy ravishda ko‘mir yoqilg‘isida ishlaydigan issiqxonalarga davlat tomonidan rag‘batlantirish paketi joriy qilinishi ma’lum qilingan edi.
LiveBarchasi