O‘zbekistondagi “GAI”larni haqoratlagan shaxs uzr so‘rab chiqdi
Jamiyat
−
20 may 2023
8970Joriy yilning 17 may kuni ijtimoiy tarmoqlarda shaxsi noma’lum fuqaro tomonidan barcha YPX inspektorlarini haqorat qilib, so‘kkan videolavha tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Axborot xizmati izoh berdi.
Ta’kidlanishicha, shaxsi noma’lum bo‘lgan erkak Xorazm viloyatining Hazorasp tumanida yashovchi fuqarolar va O‘zbekistondagi barcha YPX xodimlarini so‘kkan. Xorazm viloyati IIB tomonidan olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida ushbu fuqaroning shaxsiga aniqlik kiritilgan.
“Hozirda ushbu shaxsning xatti-harakatlari yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, erkakning haqoratlagan videosi tarqalganidan keyin ma’lum vaqt o‘tgach, uning uzr so‘ragani aks etgan video ham tarqaldi. Xorazm viloyati IIB Matbuot xizmati mazkur video erkakning o‘zi tomonidan olingani, ya’ni IIB binosiga olib kelinganidan keyin olinmaganini ma’lum qildi.
Nurmuhammad Fayzullayev
LiveBarchasi