O‘zbekistondagi bog‘chalarda ham koronavirus aniqlanmoqda

Jamiyat

image

Avvalroq Toshkentda o‘quvchilar, talabalar va tashkilotlar xodimlarida koronavirus aniqlanayotgani, shu sababdan joylardagi nazorat tadbirlari qayta joriy etilgani haqida xabar berilgandi. Ma’lum qilinishicha, Toshkentdagi maktabgacha ta’lim muassasasida ham koronavirus anqlangan. Bu haqda Maktabgacha ta’lim vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bugun, 15 mart kuni Toshkent shahri Olmazor tumanidagi 117-sonli davlat maktabgacha ta’lim muassasasining ish faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan. MTTda 13 mart kuni  2 nafar tarbiyalanuvchi va 2 nafar tarbiyachida COVID-19  aniqlangan.

O‘zbekiston Respublikasi “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi qonunning 12 moddasi “j” bandiga asosan maktabgacha ta’lim tashkilotining xodimlari va tarbiyalanuvchilari 14 kunlik tibbiy nazoratga o‘tkazilishi ma’lum qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

593

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing