O‘zbekistondagi barcha OTMlar 23 mezon bo‘yicha “chig‘iriqdan o‘tkaziladi”

Jamiyat

image

O‘zbekistondagi barcha oliy ta’lim muassasalari 23 ta mezon bo‘yicha kompleks o‘rganiladi. Jarayonga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov va Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘i Ulug‘bek Toshkenboyev boshchiligida tuzilgan ishchi guruh boshchilik qiladi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, asosiy e’tibor oliy ta’limdagi islohotlar, ilm, fan va ishlab chiqarishdagi integratsiyalar, axborot-resurs markazlari faoliyati, moliyaviy, akademik mustaqillik berilgan ta’lim muassasalariga amaliy ko‘mak berish, ilmiy salohiyat, ta’lim jarayonining qay darajada tashkil etilgani, masofaviy ta’lim, kredit-modul tizimi, talabalar turar joylarida yaratilgan shart-sharoitlar, korrupsiyaga qarshi kurashish va shaffoflikni ta’minlashning ta’sirchan mexanizmlari joriy etilganligi kabi mezonlarga qaratiladi. 

O‘rganish oliy ta’lim muassasalarining ta’lim jarayonini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish, ta’lim sifatini oshirish, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish hamda raqobatbardoshligini oshirish, raqamli texnologiyalarni to‘liq joriy etish orqali ta’lim jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish maqsadida o‘tkaziladi.

O‘rganish jarayonidagi yutuqlar va tajribalar keng ommalashtiriladi, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar tayyorlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

OTM

Baholaganlar

992

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing