O‘zbekistondagi barcha maktablar zamonaviy kopmyuter va yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlanadi
Jamiyat
−
19 mart 2019
6819Va nihoyat O‘zbekistonda umumiy o‘rta ta’lim maktablari to‘liq axborot texnologiyalari va yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlanadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida bugun, 19 mart kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilingan.
Videoselektorda yoshlarni internetdagi zararli xurujlardan asrash, ularni axborot texnologiyalaridan unumli foydalanishga o‘rgatish masalalariga alohida ahamiyat qaratilgan.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga ilg‘or xalqaro tajribalar asosida barcha shahar va tumanlar markazlarida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlarini tashkil etish bo‘yicha topshiriq berilgan. Bu markazlarda elektron tijorat va dasturlash bepul o‘rgatiladi, axborot texnologiyalari sohasida tadbirkorlik bilan shug‘ullanish bo‘yicha innovatsion ko‘nikmalar beriladi, “startap” loyihalarga yordam ko‘rsatiladi.
Yig‘ilishda bugungi kunda barcha maktablarda kompyuter texnikasi bo‘lishiga qaramasdan, internet xizmatidan yetarli darajada foydalanilmayotgani tanqid qilindi. Xalq ta’limi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga 2021 yilgacha barcha maktablardagi kompyuter sinflarini zamonaviy texnologiyalar va yuqori tezlikdagi internet tarmog‘i bilan ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish vazifasi qo‘yildi.
Tashabbuskor tadbirkorlarni jalb qilgan holda, kompyuter o‘yinlari markazlarini tashkil etish, ularda bolalar va yoshlarning bilim va dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladigan test, viktorina, rivojlantirish strategiyalari va boshqa foydali dasturlar bo‘lishi zarurligi ta’kidlandi.
LiveBarchasi