O‘zbekistondagi 8 ta bank jarimaga tortildi

Jamiyat

image

Markaziy bank tomonidan o‘tkazilgan inspeksiya tekshiruvlarida bir necha qoidalarga rioya qilinmagani uchun 8 ta bankka nisbatan jarima sanksiyasi qo‘llanildi. Bu haqda Markaziy bankning matbuot xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, Markaziy bankning Bank nazorati qo‘mitasi tomonidan 2025 yilning sentyabr oyidagi yig‘ilishlarida (9 marta) 43 ta masala ko‘rib chiqilgan va tegishli qarorlar qabul qilingan. 

Masalan, tekshiruvlarda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish qoidalariga rioya qilinishida aniqlangan qoidabuzarliklar, shuningdek, bank xizmatlari iste’molchilari bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirish yo‘nalishida qonunchilik talablariga rioya qilinmagani uchun 8 ta bankka nisbatan jarima sanksiyasi qo‘llanilgan.

Qolaversa, prudensial normativ talablarga rioya etilmagani, o‘z faoliyatini qonunchilik hujjatlari talablariga belgilangan tartibda muvofiqlashtirmagani hamda inspeksiya tekshiruvlari davomida aniqlangan kamchiliklar uchun 7 ta bank va 13 ta to‘lov tashkiloti chora va sanksiyalar qo‘llanilishi to‘g‘risida ogohlantirilgan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan TBC bank'ga nisbatan 615,0 mln so‘m, Davr bank'ga nisbatan 931,0 mln so‘m va Hamkorbank'ga nisbatan 955,0 mln so‘m miqdorida jarima sanksiyasi qo‘llanilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy bank TBC bank

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing