O‘zbekistondagi 2021 yilgi Osiyo chempionati rasman qoldirildi

Sport

image

Osiyo futbol konfederatsiyasi 2021 yilda qit’a miqyosida o‘tadigan to‘rtta musobaqani bekor qildi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyaning rasmiy veb-saytida habar qilingan.

Ma’lum qilinishicha, haligacha butun dunyoda hukm surayotgan COVID-19 pandemiyasi futbol bo‘yicha xalqaro musobaqalarni tashkil etish masalalarini qiyinlashtirmoqda.

Xabarga ko‘ra, Osiyo futbol konfederatsiyasi qit’a miqyosidagi turnirlarni o‘tkazish oldidan mintaqadagi mavjud epidemiologik vaziyatni o‘rganib chiqqan. 

O‘rganish natijasiga ko‘ra, tashkilotning tegishli qo‘mitalari bugun, 15 dekabr kuni quyidagi qarorlarni qabul qilgan:

•  2021 yilda futbol bo‘yicha O‘zbekistonda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati rasman qoldirilgan;

•  O‘zbekiston yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati mezbonligini o‘zida saqlab qoladi va 2023 yilda ushbu yosh toifasidagi qit’a birinchiligining O‘zbekistonda bo‘lib o‘tishi OFK musobaqalar taqvimiga kiritiladi;

•  Bahraynda o‘tadigan U16 Osiyo chempionati, futzal hamda sohil futboli bo‘yicha terma jamoalar o‘rtasidagi qit’a musobaqalari ham bekor qilingan.


Maqola muallifi

Teglar

OFK Osiyo chempionati O'FF

Baholaganlar

175

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing