O‘zbekistonda zilzila sodir bo‘ldi
3-sahifa
−
17 iyun 2023
38071Bugun, 17 iyun kuni O‘zbekistonda zilzila yuz berdi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qildi.
O‘zbekiston hududida mahalliy vaqt bilan soat 04:02 da zilzila sodir bo‘ldi. Epimarkaz Surxondaryo viloyati, Sariosiyo tumanida qayd etildi. Zilzila koordinatalari 38,79 gradus shimoliy kenglik, 67,85 gradus sharqiy uzunlikka teng.
Magnituda 4,4 ballni tashkil qildi. Chuqurlik 10 km. Zilzila epimarkazi Toshkentdan 299 km janubiy-g‘arbda joylashgan.
O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:
- Sariosiyo tumanida 4 ball, 8 km.
- Denov tumanida 2-3 ball, 52 km.
- Shahrisabz tumanida 2 ball, 65 km.
- Oltinsoy tumanida 2 ball, 69 km.
- Uzun tumanida 2 ball, 76 km.
- Kitob tumanida 2 ball, 82 km.
LiveBarchasi