O‘zbekistonda joriy yilda qancha paxta hosili yig‘ib olindi?

Jamiyat

image

O‘zbekistonda joriy yilda 1 mln 34 ming gektar maydonda g‘o‘za parvarish qilinib, 3 mln 82 ming tonna yoki 2019 yilga nisbatan 109 foiz paxta xomashyosi yetishtirildi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.

Hududlar kesimida:

•    Farg‘ona 107,7 foiz
•    Xorazmda 106,7 foiz
•    Andijonda 106,6 foiz
•    Namanganda 105,1 foiz
•    Toshkentda 104,4 foiz
•    Samarqandda 103,6 foiz
•    Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Navoiyda 102,7 foiz
•    Jizzaxda 100,7 foiz
•    Qashqadaryoda 95,8 foiz
•    Sirdaryoda 93,5 foiz
•    Buxoroda 89,1 foiz
•    Surxondaryoda 82,3 foiz paxta hosili terib olindi.

Paxta yetishtiruvchi 136 ta tumandan paxta yig‘im-terimini tizimli tashkil etgan 104 tasi, 97 ta paxta-to‘qimachilik klasteridan 78 tasi, 11 ta paxta kooperatsiyasidan 8 tasi hamda 29 ming ta fermer xo‘jaliklaridan 23,0 ming tasi shartnomani bajardi. 

Respublikada har gektar paxta maydonida o‘rtacha hosildorlik 29,8 sentnerni tashkil qildi.

Joriy yilda faoliyat yuritgan 97 ta paxta-to‘qimachilik klasterlari tomonidan 927 ming gektar maydondan 2 mln 794 tonna va 11 ta kooperatsiyalar tomonidan 106,6 gektar maydondan 288 ming tonna paxta xomashyosi yetishtirildi.


Maqola muallifi

Teglar

paxta

Baholaganlar

182

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing